API kaliti olish

Imlo dasturi imkoniyatlaridan oʻz saytingizda ham foydalanishingiz mumkin. Sizning domeningiz uchun maxsus yaratilgan API kaliti yordamida siz oʻz saytingiz sahifalaridan bizning serverga soʻrov yuborishingiz va matn imlosini tekshirishingiz mumkin.

Imlo dasturi uchun API kaliti olish uchun quyidagi satrga saytingiz domenini kiriting. Domenni bexato, http:// yoki https:// protokoli bilan kiriting. Agar saytingiz domeni doim www. bilan ishlasa - uni ham kiriting. Domenni toʻgʻri kiritishingiz API kalit toʻgʻri ishlashini taʼminlaydi. Saytingiz bizning serverga kalit yordamida soʻrov yuborganda, server soʻrov kelgan domenni kalit bilan solishtiradi va domen kalitga mos kelsagina javob qaytaradi.

Quyidagi satrga saytingiz manzilini xatosiz kiritishning eng oson usuli - saytingizni alohida brauzer oynasida ochib, manzil satrini nusxalab olishdir.

API kaliti

API boʻyicha qoʻllanma

Kirish

SavodxonAPI - oʻzbek tili imlo dasturi uchun API xizmati. Bu xizmatga turli domen va qurilmalardan soʻrov yuborib, matndagi xatolarni tekshirish mumkin.

Soʻrov koʻrinishi

API xizmatiga yuborilgan soʻrov JSON formatda boʻlib, unda quyidagi parametrlar boʻlishi zarur:

//Tekshirish uchun soʻzlar massivi
text = ["imlo","qoydalariga","amal","qlamiz"];
//So'rov yuborilayotgan domen uchun API kaliti
apiKey = "misoluchunberilganapikaliti";

API kaliti

API xizmatiga soʻrov yuborib, javob olish uchun domen egalari oʻz domenlari uchun API kaliti olishlari darkor. Domen uchun API kalitini shu sahifa yuqorisidagi satr orqali olish mumkin.

Soʻrov manzili

Tekshirish uchun soʻzlar massivi API kaliti bilan birga quyidagi manzilga yuborilishi lozim:

https://savodxon.uz/api/check

Yuboriladigan soʻrovga boʻlgan talablar

Serverga yuborilayotgan soʻzlar massividagi har bir soʻz faqat quyidagi belgilardangina iborat boʻlishi lozim:

[abcdefghijklmnopqrstuvxyzʻʼ-]

Tarkibida bundan boshqa belgilar boʻlgan soʻzlar server tomonidan massivdan chiqarib tashlanadi. Bu soʻrov yuborishdan avval matnni tayyorlash - yaʼni, undagi va harflari toʻgʻri belgilar bilan ifodalanganiga ishonch hosil qilish kerak.

Serverdan kelgan javob

API xizmati toʻgʻri yuborilgan soʻrovga quyidagicha javob beradi.

Agar yuborilgan soʻzlar orasida xato soʻzlar aniqlansa:

//Yuqoridagi misolda keltirilgan soʻrovga javob
{
    success: ture,
    errors: ture,
    words: ["qoydalariga", "qlamiz"]
}

Agar yuborilgan soʻzlarning hammasi toʻgʻri boʻlsa:

{
    success: ture,
    errors: fasle
}

API xizmatidan olingan javob asosida tahrir oynasidagi xato soʻzlarni ajratib koʻrsatish va foydalanuvchini bu xatolarni tuzatishga undash mumkin.