Saytdan foydalanish shartlari

Siz foydalanuvchi sifatida saytga kirish va undan foydalanish bilan quyidagi shartlar va qoidalarga roziligingizni bildirasiz:

Shaxsiy maʼlumotlar xavfsizligi

Saytdan foydalanish hech qanday shaxsiy maʼlumotni ulashishni talab qilmaydi. Sayt bepul ochiq xizmatdir.

Sayt tahrir oynasiga kiritilgan matn sayt yopilganda yoki qayta yuklanganda batamom yoʻqotiladi. Shunday xatti-harakat natijasida yoʻqotilgan matn uchun sayt maʼmuriyati javobgar hisoblanmaydi. Saytda ishlov berilayotgan matnni tegishli ravishda nusxalash va saqlab qoʻyish foydalanuvchi zimmasidadir.

Foydalanuvchi saytda ishlov bergan matn toʻlaligicha sayt tomonidan saqlab qolinmaydi. Tekshirish uchun matn alohida soʻzlarga ajratilib, keyin serverga yuboriladi. Dastur bu soʻzlar roʻyxatidan toʻgʻri deb topilganlarini oʻz lugʻatiga qoʻshib boradi.

Foydalanuvchining saytdagi amallari, ishlov bergan matni statistika va tahlil xizmati (Yandex Metrika, Google Analitika) tomonidan saqlab qolinadi. Ushbu saqlab qolingan maʼlumotlar asosida, sayt maʼmuriyati istalgan paytda istalgan foydalanuvchining xatti-harakatlarini kuzatishi, u ishlov bergan matn mazmuni bilan tanishishi mumkin. Ushbu rejalashtirilmagan tahlillar sayt ishini yana-da yaxshilash, dasturiy yoki dizayn xatolarini bartaraf etish, foydalanuvchilar tomonidan yoʻl qoʻyilgan qonunbuzarlikni aniqlash uchungina amalga oshiriladi.

Sayt xavfsizligiga tajovuz

Foydalanuvchi sayt serveriga zarar yetkazadigan xatti-harakatlardan tiyiladi. Shunday xatti-harakatda gumon qilingan foydalanuvchilar sayt maʼmuriyati ixtiyoridagi barcha vositalar yordamida bloklanadilar.

Noqonuniy harakatlar

Sayt xizmatlaridan foydalangan holda amaldagi qonunchilikka zid keluvchi matnlar ustida ishlash man etiladi. Shu jumladan:

  • Amaldagi konstitutsion tuzumni agʻdarishni, mamlakat xavfsizligiga zarar yetkazishni koʻzlagan matn;
  • Millatlar yoki diniy konfessiyalar oʻrtasida nizo keltirib chiqarishga, u yoki bu guruhni kamsitishga, odamlarning milliy, diniy, irqiy yoki boshqa belgisiga koʻra qadriyatlarini oyoqosti qilishga qaratilgan matn;
  • Zoʻravonlikni targʻib qiluvchi, boshqalarning joniga yoki mulkiga zarar yetkazishga undovchi matn;
  • Giyohvand moddalar, qurol-yarogʻ, pornografiya yoki amaldagi qonunda man qilingan boshqa vositalarni targʻib qilishni, ulardan foydalanishni, ular savdosini yoki tarqatilishini taʼminlashni koʻzda tutuvchi matn;
  • Pornografik mazmundagi yoki omma maʼnaviy salomatligiga zarar yetkazuvchi boshqa axloqsiz mazmundagi matn.

Sayt maʼmuriyati yuqoridagi kabi noqonuniy mazmundagi matn bilan ishlagan foydalanuvchini oʻz ixtiyoridagi barcha vositalar yordamida bloklash va bu holat yuzasidan tegishli davlat organlariga xabar berish huquqiga ega.