Bir daqiqa...

DIQQAT, TANLOV!


2021-06-04

Aziz doʻstlar,

Sizni tanlovda ishtirok etishga va pul mukofotlari yutib olishga taklif qilamiz!

TANLOV SHARTLARI:

1. Oʻz Facebook profilingiz yoki sahifangizda Savodxon loyihasi haqida qisqacha post yarating. Uning soʻngida https://savodxon.uz/ manzilini koʻrsatib oʻtishni unutmang.

2. Postingiz manzilini bizga yuborib qoʻying, toki biz sizni ishtirokchilar roʻyxatiga qoʻshib qoʻyaylik.

3. Tanlovda toʻplagan ballaringiz shu postingiz va uning ulashilgan nusxalari ostida nechta Like yigʻilsa, shunga qarab aniqlanadi. Masalan, asosiy postingiz ostida 100ta, uning har xil guruhlar, sahifalar yoki doʻstlaringiz profillarida ulashilgan nusxalari ostida jami 300ta Like toʻplansa — yakuniy balingiz 400 ballni tashkil etadi. Ballarni hisoblashda nusxalarning ulashilgan nusxalari hisobga olinmaydi.

4. Tanlov yakunigacha eng koʻp ball yigʻgan 3 nafar gʻolibga sovgʻalarimiz bor!

TANLOV MUDDATI:

Tanlov 10-iyun, Toshkent vaqti bilan soat 23:00 gacha davom etadi. Yigʻilgan ballar faqat mana shu muddatdan oldin toʻplangan Like miqdoriga koʻra aniqlanadi.

MUKOFOTLAR:

🥇I oʻringa: 1 000 000 soʻm + 1 yillik obuna

🥈II oʻringa: 500 000 soʻm + 6 oylik obuna

🥉III oʻringa: 300 000 soʻm + 3 oylik obuna

Pul mukofotlari gʻoliblarning UZCARD/HUMO kartalariga oʻtkazib beriladi.

Tanlov yuzasidan biz bilan Facebook sahifamiz orqali bogʻlanishingiz mumkin: https://www.facebook.com/savodxon


Barcha yangiliklar
Bir daqiqa...