Shaxsiy maʼlumotlar daxlsizligi
27-iyul, 2022-yil
Namangan viloyati, Toʻraqoʻrgʻon tumani
Soʻnggi yangilanish sanasi: 27-iyul, 2022-yil
Ushbu hujjat Savodxon saytida foydalanuvchilarga tegishli boʻlgan shaxsiy maʼlumotlarni yigʻish, saqlash va oshkor qilish jarayonini tartibga soluvchi qoidalarni belgilaydi.
Yigʻiladigan shaxsiy maʼlumotlar
Savodxon saytining xizmatlaridan toʻliq foydalanish uchun saytda roʻyxatdan oʻtish talab etiladi. Roʻyxatdan oʻtish jarayonida sizdan ismingiz, elektron pochtangiz manzili va parol soʻrab olinadi. Ushbu maʼlumotlar sayt serveridagi maʼlumotlar omborida saqlanadi va uchinchi shaxslarga uzatilmaydi.
Foydalanuvchi saytda oson roʻyxatdan oʻtishi va oʻz shaxsiy hisobiga kira olishi uchun biz Google va Facebook manbalarining saytlarga kirish xizmatidan foydalanamiz. Bunda ushbu manbalardan sizning elektron pochta manzilingizgina soʻrab olinadi va bizning serverga saqlab qoʻyiladi. Google yoki Facebook yordamida roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar uchun parol belgilanmaydi: foydalanuvchi oʻzi shaxsiy sahifasi orqali saytga kirish uchun parol yaratishi mumkin.
Shaxsiy maʼlumotlardan foydalanish
Saytda roʻyxatdan oʻtish jarayonida siz taqdim qilgan maʼlumotlar asosida sayt sizga oʻz xizmatlarini koʻrsatadi. Elektron pochta manzili saytdagi hisobingizga kirish, hisob uchun parolni unutgan holda – parolni tiklash uchun zarur. Siz istagan paytda oʻz shaxsiy sahifangizdan turib roʻyxatdan oʻtish paytida kiritgan elektron pochta manzilingizni boshqa manzilga oʻzgartirishingiz mumkin.
Tahrir qilinadigan matn
Savodxon tahrir oynasi orqali yoki unga qoʻshimcha ishlab chiqilgan ilovalar yordamida ishlov berilgan matn toʻliq holatda bizning serverga uzatilmaydi. Siz tahrir qilgan matn alohida soʻzlarga ajratiladi, saralanadi va shundan keyingina bizning serverga uzatiladi, ular tekshiriladi va natijasi sizning qurilmangizga qaytariladi. Biz alohida foydalanuvchi qaysi soʻzlarni tekshirayotganini hech qayerda saqlab qolmaymiz.
Kukilar va tokenlar
Sizga qulaylik yaratish maqsadida biz sizni tanib olish uchun zarur boʻlgan dasturiy vositalardan (kukilar va tokenlardan) foydalanamiz. Bu dasturiy vositalar sizning qurilmangizda (brauzer doimiy xotirasida) saqlanadi. Ushbu dasturiy vositalarsiz sayt oʻz ishini bajara olmaydi.
Tahlil va kuzatuv vositalari
Saytimiz doimiy soz holatda boʻlishini taʼminlash, hamda undagi kamchiliklarni aniqlash maqsadida biz Google Analitika va Yandeks Metrika xizmatlari taklif etadigan tahlil va kuzatuv vositalaridan foydalanamiz. Bu vositalar oʻz ishini bajarish jarayonida sizning shaxsiy maʼlumotlaringiz (elektron pochta manzilingiz va parolingiz) daxlsizligini toʻliq taʼminlaydi.
Toʻlov jarayoni
Sayt xizmatlaridan foydalanish uchun siz oʻz bank kartangiz hisobidan toʻlovni amalga oshirasiz. Toʻlov jarayonidan kartangiz maʼlumoti toʻlov xizmatini taqdim etadigan tomonga (Payme xizmatiga) uzatiladi. Toʻlov xizmati kartangizga bogʻlangan telefon raqamga maxsus kod yuboradi va siz ana shu kodni kiritib, toʻlovni tasdiqlaysiz. Bunda Savodxon serverlarida sizning karta raqamingiz, telefon raqamingiz yoki tasdiq kodi saqlab qolinmaydi.
Shaxsiy maʼlumotlarni oʻchirish
Siz istalgan paytda sayt maʼmuriyatiga murojaat qilib, sayt serverlarida saqlanayotgan shaxsiy maʼlumotlaringizni oʻchirishni talab qilishingiz mumkin. Bunda saytdagi shaxsiy hisobingiz ham oʻchiriladi.
Biz bilan bogʻlanish
Shaxsiy maʼlumotlar daxlsizligi yuzasidan qoʻshimcha savollaringiz boʻlsa, biz bilan quyidagi vositalardan biri orqali bogʻlanishingiz mumkin:
Telegram: @savodxonuz
Email: savodxon@gmail.com
Facebook: facebook.com/savodxon