Bir daqiqa...

Korporativ jamoalar uchun imkoniyatlar

Savodxon sayti xizmatlaridan butun jamoa boʻlib ham foydalanishingiz mumkin. Shartnoma asosida oʻz xodimlariga Savodxon saytida obuna sotib olishni istagan yuridik shaxslar uchun “Korporativ mijoz” xizmatini taklif qilamiz.

Bu xizmatga qanday ulanaman?

Sayt xizmatlaridan korporativ mijoz sifatida foydalanishni istasangiz, savodxon@gmail.com elektron pochta manzili orqali biz bilan aloqaga chiqing. Xatingizda tashkilotingiz rekvizitlarini va xizmat ulanishi kerak boʻlgan hisob identifikatsiya (ID) raqamini koʻrsatib oʻtishni unutmang.

Shundan soʻng biz sizga biz tomondan toʻldirilgan va imzolangan shartnomani yuboramiz. Shu shartnoma asosida siz bizning bank hisobraqamimizga oʻzingizga zarur mablagʻni oʻtkazasiz. Biz oʻtkazilgan mablagʻni shartnomada koʻrsatilgan ID raqamli hisobga qoʻshib qoʻyamiz va shu hisobga korporativ mijoz maqomini beramiz.

Xizmatdan qanday foydalanaman?

Hisobingizga korporativ mijoz maqomi berilib, unga mablagʻ tushirilgandan soʻng siz uchun korporativ jamoangizni boshqarish sahifasi ochiladi. Ushbu sahifada siz jamoangizga yangi xodimlarni qoʻshishingiz, mavjud xodimlaringiz hisob maʼlumotlarini oʻzgartirishingiz, hamda xodimlaringiz uchun turli obuna muddatlarini sotib olishingiz mumkin.

Siz oʻz hisobingizdan turib rahbar sifatida yaratgan xodim hisoblari toʻligʻicha sizning nazoratingizda boʻladi. Biror xodim uchun hisob qoʻshayotganda uning elektron pochta manzili va parolini siz kiritasiz — xodim oʻzi bu maʼlumotlarni oʻzgartira olmaydi.

Shuningdek, xodim hisobi uchun obunani faqat siz oʻz asosiy hisobingizdagi mablagʻ evaziga sotib olishingiz mumkin — xodim hisobidan turib hisobni toʻldirish yoki obuna sotib olish imkoniyati mavjud emas.

Obuna narxlari qancha?

Bir foydalanuvchi uchun amaldagi obuna narxlari quyidagicha:

1
kunlik
5 000
soʻm
7
kunlik
20 000
soʻm
30
kunlik
40 000
soʻm
90
kunlik
90 000
soʻm
180
kunlik
150 000
soʻm
365
kunlik
200 000
soʻm

Savodxon saytida obunalar hech qanday cheklovga ega emas — obunangiz amal qilish muddati davomida siz cheklanmagan miqdorda matn tekshirishingiz, oʻgirishingiz va tarjima qilishingiz mumkin.

Korporativ mijozlarga chegirmalar bormi?

Butun jamoasi bilan korporativ xizmatga ulangan mijozlar uchun quyidagicha chegirmalar taklif qilinadi:

Shart * Chegirma
Kamida 10 xodim bilan xizmatga ulanganda: 5% chegirma
Kamida 20 xodim bilan xizmatga ulanganda: 10% chegirma
Kamida 30 xodim bilan xizmatga ulanganda: 15% chegirma
Kamida 50 xodim bilan xizmatga ulanganda: 20% chegirma
* Shart bajarilishi uchun barcha xodimlarga bir yillik obuna sotib olinishi kerak.

Xodim ishdan ketsa nima boʻladi?

Siz yaratib bergan hisob orqali Savodxon sayti xizmatlaridan foydalanib kelayotgan xodim ishdan boʻshatilsa, siz u uchun ochilgan xodim hisobi parolini (zarur boʻlsa, bunga qoʻshimcha tarzda uning elektron pochta manzilini) oʻzgartirish bilan ishdan ketgan xodim saytga kirishini toʻxtatasiz. Ushbu xodim hisobida ishlatilmay qolgan obuna muddatidan foydalanishni ishdan ketgan xodim oʻrniga kelgan yangi xodimga — yoki boshqa istagan xodimingizga berishingiz mumkin.

Korporativ hisobimni qanday toʻldiraman?

Biz bilan tuzgan shartnomangiz asosida korporativ hisobingizga istagancha mablagʻ tushirishingiz mumkin. Har safar pul oʻtkazish uchun yangi shartnoma tuzish shart emas. Faqat, pul oʻtkazmasida korporativ mijoz maqomiga ega hisobingiz ID raqamini koʻrsatishingiz kerak.

Xizmatdan foydalanishni qanday toʻxtataman?

Buning uchun sizdan hech qanday harakat talab etilmaydi: korporativ mijoz hisobingizdagi mablagʻ va obuna, hamda sizning jamoangizdagi xodimlar obunalari muddati tugaganda oʻz-oʻzidan xizmat muddati tugaydi.

Dastur imkoniyatlaridan API nuqta orqali foydalansa boʻladimi?

Savodxon xizmatlaridan API nuqta orqali foydalanishni istagan korporativ mijozlarga shartnoma asosida API nuqtaga ulanish imkoni beriladi. Bunda API nuqtasiga yuboriladigan soʻrovlar quyidagi tartibda baholanadi:

Soʻrov turi Soʻrov uchun chekovlar Soʻrov narxi
Soʻzlar massivida xato soʻzlarni aniqlash 1000 soʻzdan koʻp boʻlmagan massiv 100 soʻm
Xato soʻz uchun toʻgʻri variantlar taklif qilish Uzunligi 20 belgidan oshmagan soʻz 10 soʻm
MS Word fayli yozuvini oʻgirib qaytarish Hajmi 10 megabaytdan, matn uzunligi 50 ming belgidan oshmagan fayl 100 soʻm
MS Word faylidagi xatolarni aniqlab qaytarish Hajmi 10 megabaytdan, matn uzunligi 50 ming belgidan oshmagan fayl 100 soʻm

Boshqa savollarim ham bor edi...

“Korporativ mijoz” xizmati yuzasidan qoʻshimcha savollaringiz boʻlsa, biz bilan savodxon@gmail.com elektron pochta manzili, yoki @savodxonuz Telegram manzili orqali bogʻlaning. Savollaringizga imkon qadar toʻliq javob berishga harakat qilamiz.

Bir daqiqa...