Savodxon klaviaturasi
Ushbu bepul dasturni oʻrnatgandan soʻng, klaviaturangiz yordamida matn kiritganingizda Oʻ Gʻ va tutuq belgisi (ʼ) oʻzbek tili imlo qoidalariga monand tarzda avtomatik tuzatib ketiladi.
Eʼtibor bering: Klaviatura ilovasi mutlaqo bepul va undan foydalanish uchun Savodxon saytida faol obunangiz boʻlishi talab etilmaydi.
Windows uchun
Joriy versiya: 1.2
Ilova oʻrnatiladigan tizimga boʻlgan talablar:
- Microsoft Windows 7+
- .Net Framework 4.8+
- Windows Oʻzbek (lotin) klaviaturasi qoʻshilgan boʻlishi kerak.
Qoʻllanma
Kerakli bobni ochish uchun sarlavha ustiga bosing. Suratlarni kattalashtirish uchun ularning ustiga bosing.
- Ilovani yuklab oling.
- Yuklab olingan faylni ishga tushiring. Buning uchun uning ustiga kursorni olib borib, sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosing yoki uni belgilab keyin Enter tugmasini bosing. Shunda ilovani oʻrnatish dasturi ishga tushadi. Uning birinchi sahifasida “Keyingi” (“Next”) tugmasini bosing.
- Keyingi sahifada sizga ilovani qayerga oʻrnatishni tanlash taklif etiladi. Ilova bexato ishlashi uchun avvaldan belgilab qoʻyilgan manzilga oʻrnatishni tavsiya qilamiz. Shunchaki, “Keyingi” tugmasini bosing.
- Keyingi sahifa sizga ilova kompyuteringizga oʻrnatilishga tayyor ekani aytilgan. Oʻrnatishni boshlash uchun “Oʻrnatish” tugmasini bosing.
- Shundan soʻng dastur ilovani kompyuteringizga oʻrnatadi. Bunda sizdan faqat oʻrnatish jarayoni yakunlanishini kutish talab etiladi xolos.
- Oʻrnatish jarayoni yakunlangach, dastur sizga soʻnggi sahifani koʻrsatadi. Bu ilova kompyuteringizga oʻrnatildi degani. Dasturni yopish uchun “Yakunlash” tugmasini bosing.
- Dasturni ish stolingizdagi “Savodxon klaviaturasi” belgisiga bosib ishga tushirishingiz mumkin.
- Dastur oynasi juda oddiy. Unda dasturning vazifasi taʼriflangan. Shuningdek, dastur funksiyasini vaqtincha oʻchirib qoʻyish imkoni bor. Buning uchun “Savodxon klaviaturasi ishlatilsin” satridagi belgini olib tashlash kerak.
- Dastur oynasini yigʻib qoʻyish mumkin. Buning uchun oʻng yuqori burchakdagi “—“ tugmasini bosing. Bunda dastur treyga tushib qoladi.
- Dastur oynasini qayta ochish uchun, treyni oching, sichqoncha koʻrsatkichini Savodxon belgisi ustiga olib boring va chap tugmani ikki marta bosing.
- Dasturni yopish uchun oyna oʻng yuqori burchagidagi “X” tugmasini bosing. Bunda dastur oʻz ishini toʻxtatadi va tamoman yopiladi.
- Dasturni o'chirish uchun Windows operatsion tizimning "Панель управления" ("Control panel") boʻlimiga kiring va "Удаление программы" ("Uninstall a program") menyusini tanlang.
- Ochilgan roʻyxatda Savodxon klaviaturasini toping, uni belgilang va "Удалить" ("Uninstall") tugmasini bosing. Shu bilan dastur kompyuteringizdan oʻchiriladi.