Savodxon dasturi oʻzbek tili imlo qoidalarini ommalashtirish va savodxonlikni targʻib qilish uchun ishlab chiqilgan dasturiy vositadir.
Loyiha maqsadi
Dastur bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri — imloviy savodsizlikni bartaraf etish uchun ishlab chiqilgan. Loyiha mualliflari internet tarmogʻi va bosma nashrlardagi matn sifatini oshiribgina ommaviy savodxonlikka erishish mumkinligiga ishonadilar.