Bir daqiqa...

Endi Savodxon mashhur brend nomlarini taniy oladi!

18-sentyabr, 2024

Aziz foydalanuvchilar,

Sizning ishingizni yana ham osonlashtirish uchun biz Savodxonni mashhur brend nomlarini tanib olishga oʻrgatdik.

Brend nomlariga qoʻshimchalar qoʻshilganda imlo qanday boʻlishi kerakligi rasmiy qoidalarda keltirilmagan. Ammo oʻzbek tilidagi koʻp manbalarda bunday holatda brend nomiga ayirish belgisi yordamida qoʻshimcha qoʻshish urf boʻlgan (masalan, Facebookʼdagi, Telegramʼdan, Googleʼning, va hokazo). Biz ham dasturimizda shu qoidaga amal qilishga qaror qildik.

Agar Savodxon sizning matningizda keltirilgan biror brend nomini tanimasa, bizga https://t.me/savodxonuz Telegram manzili orqali xabar bering — biz uni ham lugʻatimizga qoʻshib qoʻyishga harakat qilamiz.


Barcha yangiliklar
Bir daqiqa...