Bir daqiqa...

Yangi yildan Savodxon saytidan foydalanish tartibiga oʻzgartirishlar kiritiladi

14-dekabr, 2024

Hurmatli foydalanuvchilar,

Savodxon sayti xizmatlarini optimallashtirish va sizlar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2025-yil 1-yanvardan boshlab quyida keltirib oʻtilgan oʻzgarishlar joriy qilinmoqda.

Birinchidan, yakshanba kunlari imloni tekshirish va yozuvni oʻgirish imkoniyatlaridan foydalanish uchun faol obunaga ega boʻlish talab etilmaydi. Yaʼni, sizning Savodxon saytida amaldagi obunangiz boʻlmasa ham, yakshanba kunlari matn imlosini tekshirish va yozuvni oʻgirish imkoniyatlaridan toʻliq foydalana olasiz. Bunday tartib Savodxon sayti xizmatlaridan kamdan-kam foydalanadigan yoki doimiy obuna olishga imkoni yoʻq foydalanuvchilarni hisobga olib joriy qilinadi. Eslatib oʻtamiz, bu qulaylik matnni tarjima qilish xizmatini oʻz ichiga olmaydi.

Ikkinchidan, 1 kunlik va 7 kunlik obuna muddatlari ortiq taklif etilmaydi. Yangi yildan boshlab foydalanuvchilar faqat 30 kunlik, 90 kunlik, 180 kunlik, yoki 365 kunlik obuna sotib olishlari mumkin boʻladi. Bu tartib loyiha ishini uzoq muddatli obuna egalari talablariga muvofiqlashtirish va ularga koʻrsatilayotgan xizmat sifatini yaxshilash uchun joriy qilinadi.

Shunday qilib, 2025-yil 1-yanvardan Savodxon sayti xizmatlariga obuna boʻlish uchun quyidagi yangi narxlar belgilanadi:

30 kunlik — 50 000 soʻm

90 kunlik — 120 000 soʻm

180 kunlik — 150 000 soʻm

365 kunlik — 240 000 soʻm

1-yanvarga qadar obuna muddatlarini hozirgi narxlarda sotib olish mumkin.


Barcha yangiliklar
Bir daqiqa...