Bir daqiqa...

Dastur yana-da mukammal boʻldi!

11-fevral, 2021

Endi Savodxon dasturi paronimlar va texnik cheklov sabab yoʻl qoʻyilgan xatolarni ham aniqlab, sizga ularni ajratib koʻrsatadi. Endi dastur “har” va “xar” yoki “hokim” va “xokim” kabi paronimlarni ajrata olmaslik sababli yoʻl qoʻyilgan xatolarni sariq rangda ajratib koʻrsatadi.

Shuningdek, kirill yozuvidagi matn bilan ishlovchi foydalanuvchilarimiz baʼzi hollarda kirill klaviaturasida “ў“, “қ“, “ғ“ va “ҳ“ harflari boʻlmagani sabab, ularni “у“, “к“, “г“ va “х“ koʻrinishida kiritib ketishadi. Ana shunday texnik cheklov sabab yoʻl qoʻyilgan xatolarni ham dasturimiz sariq rangdan ajratadigan boʻldi.

Oʻzgarishlar toʻliq tatbiq boʻlishi va sayt bexato ishlashi uchun sahifani Ctrl+F5 tugmalari bilan qayta yuklashni unutmang.


Barcha yangiliklar
Bir daqiqa...