Endi siz yozgan matnda hech kim xato topa olmaydi!
Dastur imkoniyatlari

Imloni tekshirish
Dastur kiritilgan matndagi imlo xatolarini aniqlaydi va ularni tuzatish uchun toʻgʻri soʻz muqobillarini taklif qiladi.

Matn yozuvini oʻgirish
Dastur matnni lotin va kirill yozuvlariga bexato oʻgiradi va ikki yozuvda ham birdek yaxshi ishlaydi.

Matnni tarjima qilish
Dastur sunʼiy intellekt yordamida matnni 60dan ortiq tillardan oʻzbek, rus va ingliz tillariga tarjima qila oladi.
Maxsus ilovalar
Quyidagi ilovalarni kompyuteringizga oʻrnatib, siz Savodxon sayti taqdim etadigan xizmatlardan bevosita Microsoft Office dasturlari ichida turib foydalanishingiz mumkin.
Obuna narxlari
Savodxon saytida obunalar hech qanday cheklovga ega emas: obunangiz muddati davomida siz cheklanmagan miqdorda matn tekshirishingiz, oʻgirishingiz va tarjima qilishingiz mumkin.
Doimiy foydalanuvchilarga 20 va 40 foizgacha chegirmalar ham taklif etiladi: dasturdan qancha koʻp foydalansangiz, darajangiz shuncha oshib boradi, obuna narxlari esa shunga monand arzonlashadi.
Yakshanba kunlari matn imlosini tekshirish va yozuvni oʻgirish xizmatlaridan foydalanish bepul: bu haftada bir kun faol obunangiz boʻlmasa ham, bu xizmatlardan bemalol foydalana olasiz degani.
Izohli lugʻat
Lugʻatimizda 100 mingdan ortiq soʻz va iboralarga izohlar jamlangan. U turlangan va tuslangan soʻzlarni ham tarkibiy qismlarga ajratib, tahlil qilishni biladi.
Lugʻatni ochishBiz bilan aloqa
Har qanday savollaringiz boʻlsa, biz bilan bogʻlaning — va biz albatta javob beramiz.
Qoʻllab-quvvatlash xizmati ish vaqti: dushanba — juma, 10:00 — 19:00