exit_to_app person_outline

Savodxon klaviaturasidan foydalanish


Ushbu boʻlimda Savodxon klaviaturasidan foydalanish yuzasidan koʻrsatmalar berilgan.

Suratlarni kattalashtirish uchun ularning ustiga bosing.

Mundarija

Dasturning vazifasi

Ushbu dasturni oʻrnatgandan soʻng, klaviaturangiz yordamida matn kiritganingizda va tutuq belgisi (ʼ) oʻzbek tili imlo qoidalariga monand tarzda avtomatik tuzatib ketiladi.

Dasturni oʻrnatish

  1. Ilovani ilovalar sahifasidan yuklab oling.
  2. Yuklab olingan faylni ishga tushiring. Buning uchun uning ustiga kursorni olib borib, sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosing yoki uni belgilab keyin Enter tugmasini bosing. Shunda dasturni oʻrnatish jarayoni boshlanadi. Birinchi sahifada “Keyingi” (“Next”) tugmasini bosing.
  3. Keyingi sahifada sizga ilovani qayerga oʻrnatishni tanlash taklif etiladi. Ilova bexato ishlashi uchun avvaldan belgilab qoʻyilgan manzilga oʻrnatishni tavsiya qilamiz. Shunchaki, “Next” tugmasini bosing.
  4. Keyingi sahifa sizga ilova kompyuteringizga oʻrnatilishga tayyor ekani aytilgan. Oʻrnatishni boshlash uchun “Install” tugmasini bosing.
  5. Shundan soʻng dastur kompyuteringizga oʻrnatiladi. Bunda sizdan faqat oʻrnatish jarayoni yakunlanishini kutish talab etiladi xolos.
  6. Oʻrnatish jarayoni yakunlangach, sizga soʻnggi sahifa koʻrsatiladi. Jarayonni tugatish uchun “Finish” tugmasini bosing.

Dasturdan foydalanish

  1. Dasturni ish stolingizdagi “Savodxon klaviaturasi” belgisiga bosib ishga tushirishingiz mumkin.
  2. Dastur oynasi juda oddiy. Unda dasturning vazifasi taʼriflangan. Shuningdek, dastur funksiyasini vaqtincha oʻchirib qoʻyish imkoni bor. Buning uchun “Savodxon klaviaturasi ishlatilsin” satridagi belgini olib tashlash kerak.
  3. Dastur oynasini yigʻib qoʻyish mumkin. Buning uchun oʻng yuqori burchakdagi “—“ tugmasini bosing. Bunda dastur treyga tushib qoladi.
  4. Dastur oynasini qayta ochish uchun, treyni oching, sichqoncha koʻrsatkichini Savodxon belgisi ustiga olib boring va chap tugmani ikki marta bosing.
  5. Dasturni yopish uchun oyna oʻng yuqori burchagidagi “X” tugmasini bosing. Bunda dastur oʻz ishini toʻxtatadi va tamoman yopiladi.

Dasturni oʻchirish

Baʼzan dasturni oʻchirib tashlashga toʻgʻri keladi. Masalan, baʼzi hollarda uning yangi versiyasini oʻrnatishdan oldin, eski versiyasini oʻchirish zarur.

  1. Dasturni o'chirish uchun Windows operatsion tizimning "Панель управления" ("Control panel") boʻlimiga kiring va "Удаление программы" ("Uninstall a program") menyusini tanlang.
  2. Ochilgan roʻyxatda Savodxon klaviaturasini toping, uni belgilang va "Удалить" ("Uninstall") tugmasini bosing. Shu bilan dastur kompyuteringizdan oʻchiriladi.
live_help